Neyroxirurgiya istiqbollari

Ma’lumki, shu kunlarda poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasining jamoatchilik bilan muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu media haftalikda ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari va diplomatik korpus vakillari o‘z fikr hamda takliflari bilan faol ishtirok etmoqdalar.

Kuni kecha Harakatlar strategiyasi loyihasida belgilangan besh ustuvor yo‘nalishdan uchinchisi – «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu yo‘nalish raqobatni oshirishga, erkin iqtisodiy faoliyatni ta’minlashga, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning ilg‘or tarmoqlarini faollashtirish va modernizatsiya qilish, bank-moliya sohasini tubdan isloh qilish, xususiy tadbirkorlikni himoya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, chet el investitsiyalarini jalb qilish, turizmni samarali rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Mazkur yo‘nalishda Soliq akademiyasi rektori, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Erkin Gadoyev boshchiligidagi tegishli vazirlik va rasmiy idoralar rahbarlari hamda mutaxassislari media maydonida yig‘ilganlarning savollariga javob berishdi hamda ulardan tushgan takliflarni o‘zaro muhokama qilishdi.

– Ushbu media-haftalikning o‘tkazilishi va butun jamiyatni tub isloh qilishga qaratilgan Harakatlar Strategiyasining jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi judayam foydalidir, – deydi Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Violen DE VILMOR xonim biz bilan suhbatda – Chunki xalq o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish orqali o‘z taqdirini o‘zi belgilashi lozim.

Darhaqiqat, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining bosh maqsadi – olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, jamiyat va davlatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha barcha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish va hayotning barcha jabhalarni liberallashtirishdan iborat.

* * *

Bugun poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag‘ishlangan media-haftalikning 4-kuni yakuniga yetdi.

Unda to‘rtinchi ustuvor vazifalar – “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” masalalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu yo‘nalish oylik-maoshlarning, pensiya va ijtimoiy nafaqalarning bosqichma-bosqich oshirib borilishi, aholining ish bilan bandligini ta’minlashning samarali usullari, shuningdek, aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, yashash sharoitini yanada yaxshilash, ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimi, ta’lim va fan sohasini va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalarini o‘z ichiga qamrab olgan.

Harakatlar strategiyasi mazkur yo‘nalishining mazmun-mohiyati xususida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va qator davlat idoralari vakillari hamda mutaxassislarining har biri alohida chiqishlar qilishdi. Bugungi tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev moderatorlik qildi.

Taqdimotdan so‘ng, ushbu yo‘nalishning ahamiyati va mazmuni muhokama qilindi. Muhokamada ommaviy axborot vositalari xodimlari, tadbirkorlar va keng jamoatchilik faol ishtirok etdi. Shuningdek, jamiyatni tashvishlantirayotgan ko‘plab masalalarning yechimi bo‘yicha atroflicha munozaralar yuritildi.

Ishtirokchilardan tushgan dolzarb takliflar Harakatlar strategiyasining loyihasiga kiritish uchun ma’lumot sifatida qabul qilindi.

Shuni ta’kidlash lozimki, media-haftalik doirasida muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan savol va takliflarni ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn tarzda qabul qilish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, taqdimotlar jarayonida, ochiq muloqotlar, fikr va mulohazalar almashinuvi va muhokamalarni tok-shou tarzida teletomoshabinlar “Mening yurtim”, “My5” va “UzReport TV” kanallari orqali voqyea joyida bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqdalar. Bu kabi, tok-shou tarzidagi dasturlardan tashqari, matbuot anjumanlari va brifinglar ham o‘tkazilmoqda.

Axborot xizmati