+998 71 264-96-10

  1. Bosh sahifa
  2. Virtual qabulxona

Virtual qabulxona

Murojaat yuborish

Agar Sizda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Neyroxirurgiya Respublika ilmiy markaziga ariza, shikoyat, takliflaringiz hamda markaz faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlaringiz bo‘lsa, ularni quyidagi shakl orqali yuborishingiz mumkin.

Murojaat etuvchi shaxs:

Murojaat mavzusi:

Ommaviy oferta

Hurmatli foydalanuvchi!

Bu yerda Siz O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Neyroxirurgiya Respublika ilmiy markazi direktoriga murojaatlaringizni bevosita elektron tarzda yuborish imkoniyatiga egasiz. Sizning elektron tarzda yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega.

Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so‘raymiz:

1. Jismoniy shaxs sifatida murojaat yo‘llamoqchi bo’lsangiz shaklni to’g’ri to’ldirishingiz va murojaatingiz mohiyatini bayon etishingiz talab etiladi. Yuridik shaxs sifatida murojaat yo‘llamoqchi bo’lsangiz shaklni to’g’ri to’ldirishingiz, yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatishingiz hamda murojaatning mohiyatini bayon etilishingiz talab etiladi.

2. Alohida e’tibor bering! Tuhmat, haqorat so‘zlar ishlatilgan va yolg‘on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.

3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib o‘tamiz:

– odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va shunga o‘xshash murojaatlar);
– murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojaatlar;
– anonim murojatlar.

4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo‘yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqilmaydi.

Mazkur shartlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.

© 2017 RNXIM
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika Neyroxirurgiya Ilmiy Markazi.
Barcha huquqlar himoyalangan.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo–Ulug’bek tumani, Xumoyun, 40
Tel.: +998 71 264-96-10
Faks: +998 71 264-96-22
Email: info@neuro.uz

Markaz saytidagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaaga havola qilish majburiy.